Sumka orqali xarakterni bilish.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

QIZLAR, SIZ BIZGA SUMKANI QANDAY TUTISHINGIZNI AYTING, BIZ ESA SIZGA XARAKTERINGIZ QANDAYLIGINI AYTAMIZ.

Qizlar sumkasi

Rasmdan tanlab javoblarni o’qing

NATIJALAR:

1. ORQA YELKAGA OSISH:

Hamma so’mkadan ko’ra, osma so’mka (рюкзак)ni maqul ko’radigan insonlar, serxarakat, g’ayratli insonlardir. Ularda doim zaxira, yani barcha zaruriy narsalar doim o’zlari bilan birga bo’ladi, axir ertaga nima bo’lishini hech kim bilmaydiku, balkim kutilmaganda sayohatga chiqish kerak bo’lib qolar.. Shuningdek bunday insonlar juda extiyotkor bo’lishadi. Har qanday vaziyatda so’mkasidan yordam olishi mumkin: Yig’layotgan bolakay uchun konfet, yoki uysiz mushukcha uchun bir bo’lak kolbasa.

2. QO’LDA USHLAB YURISH:

Karmonini yoki so’mkasini qo’lida mahkam tutgan odamlarning asosiy maqsadi – hammani va barchani mutloq total boshqarishdir! Ular butun dunyoda ro’y berayotgan yangiliklardan xabardor bo’lishni juda yaxshi ko’rishadi – boshqacha bo’lishi ham mumkinmas, sababi fikr bildirish uchun ularda yetarli nutq zaxirasi mavjud. Shuningdek ulardan o’zingiz xaqingizdagi xaqiqatni so’rasangiz xaqqoniy javob eshitasiz – faqat achchiq xaqiqatni ko’tarishga tayyor turing. Bunday insonlarga doim suyansa bo’ladi – va yana bir gap, ular sizni hafa qilgan insonni yaxshigina adabini beradi.

3. BIR YELKAGA OSISH:

So’mkasini bir yelkasiga osib yuruvchi odamlar, o’qishni juda yaxshi ko’rishadi, so’mkani bunday tutish esa kitoblarni olishga juda qulay, hatto metrodagi tiqilinch pik vaqtida ham. Ular shunchalar uddaburonlar-ki, sizning uzundan-uzoq zerikarli monologingizni tinglash chog’ida mudroq bossa ham, ko’zlari ochiq holda uxlashadi va boshini irg’atgan holda fikringizga butunlay qo’shilayotganini bildirib turishadi.

4. YELKADAN QIYA OSISH:

Agar so’mka bir yelkadan qiya o’tkazib osilsa, hech bir yomon maqsadli odam o’g’irlolmaydi, axir u yerda muhim xujjatlar yoki qimmatbaho buyumlar bo’lishi mumkin. Bunday insonlar o’zini badavlat ko’rsatishga moyilroq bo’lishadi, ammo ular juda sahiy va o’zining oxirgi noni bilan ham bo’lishishga tayyor insonlardir!

5. QORINDA TAQIB YURISH:

Hozirgina yoningizdan o’tkan narsa nima edi? Bo’ronmi? Yo’q, u so’mkasini qorinda osib yuruvchi bo’rondek xarakatlanuvchi inson edi, so’mka shunday xolatda osilsagina tez xarakatlanishga qulay va uni qarshingizdan kelgan shamol uchirib ketmasligi aniq. Bunday insonlar bilan suxbatni tariflashga til ojiz – savol bersangiz, bir zumda shaxarning u chekkasidan qichqirib javob qaytarishadi
@parfum_platinum

Читайте также

Kiyinish madaniyati

Kiyinish madaniyati – qanday liboslar, ko’ylaklar bizga mos?

HAYONI UNUTMAYLIK. Keyingi vaqtda ayollarimiz orasida libosdan o’zini ko’z-ko’z qilish vositasi sifatida foydalanadiganlar ko’payib qoldi. ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>