Teridagi dog’larga tavsiyalar.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (3 kishi baholadi, o'rtacha: 4.33 (5 dan))
Загрузка...

Dog'larni tozalash

1. Qizil piyoz urug’idan bir choy qoshiq olinadida, ikki stakan suvda past olovda 5 daqiqa qaynatiladi, sovigandan so’ng dokadan suziladi, keyin suvidan tanadagi dog’li joylarga surtiladi. Muolaja kamida bir hafta davom ettirilsa, dog’lar ketishi kerak. Agar piyoz urug’ini tuz bilan qo’shib ishlatsa, so’gallarni ketkazadi.

2. Taktak o’tidan (yovvoyi arpa o’ti) tayyorlangan damlama bilan dog’li joylar, taktak uni bilan 3-4 kun sepkil, temiratkilar yuviladi (1 choy qoshiq taktak uni 200 ml qaynoq suvga).

3. Baqlajondan siqib olingan suv tanadagi yoki yuzdagi dog’-u yaralardan qolgan joylarga surtilsa, ularni ketkazadi.

4. Tana va yuz dog’ini ketkazish, rangini chiroyli qilish uchun no’xat, ilitilgan tuxum, go’sht seli, xushbo’y sharob iste’mol qilish hamda anjir yeyish tavsiya qilinadi.

5. Har kuni kraxmal qatronini sux bilan surtish ham ko’pincha yuzni tozalab, tiniq qiladi.

6. Ibn Sino inson tanasidagi va yuzidagi dog’larni ketkazish uchun piyozning urug’ini yanchib un qilib, xamir qorib, dog’li joylarga surtgan.

7. Xom lavlagi suvi bilan yuzingizni artsangiz, yuzdagi dog’lar, sepkillar ketadi.

8. Petrushka o’tidan loson tayyorlash uchun 200 gr petrushkani maydalab to’g’rab, ustiga bir litr qaynab turgan suvni quyib, 2-3 soat dimlab qo’ying, keyin suzib, muzlatgichda saqlang. Har safar yuzingizni yuvganingizdan keyin shu damlama bilan artsangiz, yuzingiz terisi mayin va oppoq bo’ladi.

Читайте также

Qizlar uchun yuz parvarishi

Yoshartiruvchi niqob

1. Yuzni yoshartiruvchi niqob. – Onam menga bir niqobni tayyorlash yo’lini o’rgatdi. Nomi ham bor: ...

One comment

  1. Har tabga har xil. Admin rahbmat

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>