Tishni davolash.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Tish kasalligi davosi

QACHON TISHNI OLDIRISH SHART?

«Hozirgi kunda shifokorlar nafaqat tishni, balki uning bo‘laklarini ham saqlab qolishga urinmoqda. Ilgarilari tish uchun kurashib o‘tirmasdan, olib tashlashardi qo‘yardi. Qachonki tishni olib tashlashdan o‘zga chora qolmaydi?»

N.Muhammadaliyev, Bekobod

– Tish oldirish jiddiy jarrohlik aralashuvi hisoblanadi. Shuning uchun shifokor asorat qoldirmasligi uchun operatsiyadan oldingi tegishli tayyorgarligini ko‘rmog‘i zarur. Shifokor-stomatologlar zamonaviy material va usullar yordamida tishni maksimal darajada saqlab qolishga urinmoqda.

Tishni quyidagi 3 ta holatdagina olib tashlashdan o‘zga chora qolmaydi:

  • o‘tkir periodontit: bunda tishni olib tashlagach, yallig‘lanish mahsulotlarini oqizib yuborish mumkin bo‘ladi;
  • tishning milkdan chiqib turgan qismi sinib qolsa;
  • jag‘ osteomiyeliti. Osteomiyelit rivojlanishiga sabab bo‘lgan tishni olib tashlash kerak: aks holda u asosiy kasallikni davolashni qiyinlashtiradi.

Ko‘pincha quyidagi holatlarda ham tishni sug‘urib tashlashadi:

  • aql tishi og‘ritib chiqqanda: u ko‘pincha yallig‘lanishga sabab bo‘ladi;
  • noto‘g‘ri yorib chiqqan tish og‘iz bo‘shlig‘ini jarohatlaganda;
  • surunkali pulpit, parodontitli sut tishi;
  • 3-4-bosqichdagi parodontit.

Bundan tashqari, shifokor ba’zida protezlash chog‘ida mos tish protezini hosil qilish uchun tishni sug‘urib olishga majbur bo‘ladi.

Tishni olib tashlashga qarshi ko‘rsatmalar:

  1. O‘tkir yuqumli kasalliklarda tishni olib tashlamaslik kerak. Masalan, avval anginani davolab, keyin tishni sug‘urish kerak. Ba’zida flegmona rivojlanishining oldini olish maqsadidщa tishni zudlik bilan olib tashlashga to‘g‘ri keladi.
  2. Qon kasalligida tishni olib tashlash yomon asorat qoldirish xavfi bo‘lganda, avvalo, qon ko‘rsatkichini yaxshilashga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, qonning ivish funksiyasi buzilganda qon ko‘p yo‘qotishning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish lozim.
  3. Infarkt yoki insult, gipertonik kriz hamda yurak-qon tomir tizimi faoliyatining boshqa o‘tkir buzilishlarida, o‘tkir nur kasalligi va ayrim boshqa patologik holatlarda tishni sug‘urib olish mumkin emas.
  4. Suyak ichida o‘sma aniqlanganda asorat xavfini kamaytirish maqsadida tish odatda nur terapiyasi yordamida olib tashlanadi.
Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>