Toksikozmi yoki boshqorong’ulik?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (4 kishi baholadi, o'rtacha: 5.00 (5 dan))
Загрузка...

boshqorongulik85252

Boshqorong’ilik bilan toksikoz bir-biridan butunlay farq qiladi. Homiladorlik boshlanishi bilan ko’pchilik ayollarda ko’ngil aynishi, qayt qilish, uyquchanlik, ta’sirchanlik, hid bilishning o’zgarishi kabi holatlar yuz berishi mumkin. Bu homiladorlikka organizmning kompensator reaksiyasi jarayoni bo’lib, oddiy til bilan aytganda boshqorong’ilik deyiladi.

Boshqorong’ilik kasallik hisoblanmaydi. Toksikoz esa homiladorlik davrida yuzaga keladigan kasallik bo’lib, ko’p va kam uchraydigan turlarga bo’linadi Toksikozning ko’p uchraydigan turlaridan biri so’lak oqishidir. Homilador ayolning og’izidan ko’p so’lak oqa boshlaydi va so’lak bilan birga organizm uchun kerak bo’lgan mikroelementlar ham tashqariga chiqib ketadi. Organizm ko’p suyuqlik yo’qotadi va suvsizlanish belgilari yuzaga keladi. Biroq bu holat so’nggi paytlarda homilador ayollarda deyarli uchramayapti.

Hozirda ayollarimizda ko’proq qayt qilish sindromi kuzatiladi. Bu sindromning uchta darajasi mavjud.

Birinchi darajada qayt qilishlar soni bir kunda 4-5 taga yetadi. Lekin ayolning umumiy ahvoli o’zgarmaydi, ish faoliyati saqlanib qoladi. Qayt qilish ko’p bo’lmagani uchun oshqozonda ma’lum miqdorda kerakli elementlar saqlanib qoladi. Faqatgina organizmda funksional o’zgarishlar yuz berishi mumkin.

Ikkinchi darajasida homilador ayol bir kunda 10 martacha qayt qilgani uchun kerakli moddalarni yo’qotadi va suvsizlanish, holsizlanish holati yuzaga keladi. Natijada organizmda zaharlanish alomatlari yuz beradi, tana harorati 35,5 darajaga bo’ladi. Ayolda taxikardiya kuzatiladi, siydik chiqarishi kamayadi. Organizmda metobolik buzilishlar boshlangani uchun bemorni ambulator sharoitda davolab bo’lmaydi. Unga statsionar sharoitda davo muolajalari qo’llaniladi.

Uchinchi daraja eng og’ir hisoblanib, qayt qilishlar soni 10 tadan 20 tagacha oshadi. Organizmda umumiy holsizlik paydo bo’ladi, bemor o’rnidan tura olmay qoladi. Doimiy ravishda ko’ngli aynib, qayt qilveradi, tana harorati 38 darajaga ko’tarilib ketadi. Taxikardiya yuz beradi, siydik chiqarish kamayadi. Bu holatga jiddiy yondashib, bemorni darhol shifoxonaga yotqizib, tezda davolash zarur. Yo’qsa, kasallik qator asoratlarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, jigar, buyrak faoliyatida katta o’zgarishlar paydo qilishi mumkin. Toksikozning yengil darajasida ambulator sharoitida davolash mumkin. Ammo og’ir va o’ta og’ir darajasida, albatta, statsionar davo talab etiladi.

Читайте также

Qon bosimi haqida

Qon bosimini tushuruvchi sharbat tayyorlash usuli…

Boshidan o‘tgan tabib. Qon bosimi oshishi (gipertoniya)ga qarshi profilaktik vosita sifatida 1 stakan asal, 1 ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>