Turp foydasi.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (1 kishi baholadi, o'rtacha: 5.00 (5 dan))
Загрузка...

Turp foto

Turpning inson uchun qanday foydali taraflari bor bilasizmi?.

Anginada: turpni suvda qaynatib, shu suvga sirka solingan asal bilan ichilsa, eng og’ir turdagi tomoq kasalini ham tuzatadi.

Aritmiyada: yurakning qisqarish faoliyati buzilgan taqdirda qora turp sharbati iste’mol qilinsa, foyda beradi. Qora turpni qirg’ichdan o’tkazib, dokadan suvini siqib chiqarib, asal aralashtirib, 1:1 nisbatiga 1 oshqoshiqdan kuniga 2-3 mahal iste’mol qilinsa, juda foydalidir.

Artritda: turp urug’i havonchada maydalanib, un shakliga keltiriladi. Issiq suvda xamir qilib qoriladi. Shu xamir iliq holida og’riyotgan bo’g’imlarga tez-tez bog’lab turilsa, yaxshi shifo bo’ladi. Lo’qillab og’rishi to’xtaydi.

Asablar zo’riqishida: bir dona turp suviga ikki hissa miqdorda qaynatib sovitilgan suv qo’shiladi. Har kuni yotish oldidan yuz grammdan ichib turiladi. Muolaja muddati o’n kun.

Bo’g’in revmatizmida: turp sharbati kerosin bilan aralashtirilib og’riyotgan joyga suriladi.
Buyrak-tosh kasalligida: turp yaprog’ining suvi, turpning ingichka va so’limagani, no’xat suvi buyrakdagi toshlarni haydab tushiradi.

Gijjada: turp sharbati asal yoki shakar bilan aralashtirib ichilsa, gijjalar tushadi. Kosmetologiyada yuz terisidagi dog’larni ketkazishda ham samaralidir.

Darmonsizlik va kamqonlikda: lavlagi, turp, sabzi sharbatlaridan teng miqdorda olib, qora rangli shisha idishga solinadi. Og’zi yaxshilab yopilgach, ustidan xamir yopishtiriladi. Uch soatga gaz pechiga o’rtacha olovda qo’yiladi. Hosil bo’lgan aralashmadan kuniga uch mahal bir oshqoshiqdan ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.

Jigar va oshqozon kasalligida: turp sharbatidan bir stakan olib, teng miqdorda asal qo’shib aralashtiriladi. Kuniga uch mahal bir oshqoshiqdan jigar, o’t va oshqozon kasalliklarida ichib turiladi.

Jigar-tosh kasalligida: jigar va buyrak toshiga qarshi kuniga 3 mahal ikki hafta davomida bir oshqoshiqdan turp sharbati ichish tavsiya etiladi.

Ich ketishida: turp urug’i sut bilan ichilsa, qorin og’rig’i qoladi.

Ich qotishi, qabziyatda: turp sharbati va tuzlangan karam suvidan teng miqdorda olib, kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichish kerak.

Quloq shang’illashida: turp va piyoz suvidan tayyorlangan suyuqlikni pilikka shimdirib, quloqqa tomizilsa, suv kirganda foyda qiladi.

Turp sharbati

Semirishda: turp sharbatini chorak stakandan ovqatdan 1 soat keyin 3 mahal ichiladi. Bu parhezda go’sht, yog’li ovqat, kraxmal, tuxum, xamirli ovqatlardan va shirinliklardan o’zingizni tiyishingiz kerak.

Vitiligo (teridagi oq dog’)da: turp urug’ining 300 grammini 200 gramm sarimsoq bilan qaynatib, 15 kun mobaynida 3 mahaldan surtilsa, foyda beradi.

Eslatma: me’da-ichak yarasi, gastrit, enterit, yurak nuqsonlariga uchragan bemorlar turp iste’mol qilmagani ma’qul.

Читайте также

Jinsiy plastika foto

Ayol jinsiy a’zosi plastikasi haqida.

Agar bachadonning pastga tushishi oqibatida qin ham kengayib, devorlari pastga tushib qolgan bo’lsa, bachadonni ko’tarmay, ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>