Tuxumdon kistasi: paydo bo’lish sabablari va davo choralari.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Kista foto

Tuxumdon kistasi – tuxumdonlarning xavfsiz o’smasi bo’lib, tug’ruq yoshidagi ayollar orasida ko’p uchraydi. Kamdan-kam hollarda bu kasallik 50 yoshdan oshgan ayollarda aniqlanadi.

Xo’sh, kista nima o’zi? bu kasallik qanday kechadi? Kasallik kelib chiqishiga nimalar sabab bo’ladi? Qanday oqibatlarga olib keladi?

Bugun shu mavzuni batafsil yoritmoqchimiz. Kista sabablari Sovqotish – yosh qizlar va ayollar qishning izg’irinli kunlarida yengil yubka, kalta shim kiyib yurishadi. Bu holat sovqotishga va immunitetning pasayishiga olib keladi. Natijada ichki a’zolarning yallig’lanishi kelib chiqadi. Jinsiy a’zolarning yallig’lanishi natijasida kista paydo bo’ladi. Gormonlar almashinuvi buzilishi ham kistaga sabab bo’ladi. Endokrin tizim faoliyati buzilishi (hayz siklining juda erta yoki kech boshlanishi ham kistaga olib keladi). Boshdan o’tkazilgan abortlar. Jinsiy a’zolarning yallig’lanish kasalliklari.

Ma’lumot o’rnida…

Kista so’zi grek tilidan olingan bo’lib, pufak so’zini anglatadi. Haqiqatdan ham, kista pufakka o’xshaydi. Chunki u ichi suyuqlikka to’la hosiladan iborat. Kista hajmi asta-sekin kattalashib boradi. U bitta yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Shuningdek, kista kasalligi tug’ma yoki orttirilgan ham bo’ladi. Ayrim hollarda tuxumdon kistasi funktsional ham bo’lishi mumkin. Bunda tuxumdon faoliyati buzilishi natijasida kista kelib chiqadi. Tuxumdon kistasi xavfsiz hisoblansa-da, biroq albatta davolanish lozim. Chunki kista xavfli o’smaga aylanishi, hajmi kattalashishi, bepushtlikka olib kelishi, kistaga infektsiya tushishi natijasida yiringlashishi ham mumkin.

Kista asoratlari:

  • Xavfli o’smaga aylanishi.
  • Kistaning o’z oyog’ida o’ralib qolishi.
  • Kistaning ichaklar bilan aralashib, o’ralib qolishi.
  • Kistani kech davolash bepushtlikka olib keladi.

Kista belgilari

Kistaning boshlang’ich davrida hech qanday buzilishlar bo’lmaydi. Bunda hayz sikli ham buzilmaydi. Ushbu holatda kasallik rejali tekshiruv vaqtida aniqlanadi. Bu holatda kistaning yagona belgisi hayz sikli o’rtasida yoki hayz davrida qorin pastida og’riqlar kuzatilishidir. Tuxumdon kistasining oyoqchasi bo’lib, kuchli jismoniy zo’riqishlar vaqtida o’z oyog’ida aylanishi mumkin. Kistaning o’z oyog’ida aylanishi og’riqlarga sabab bo’ladi. Bu holatda zudlik bilan operativ davo buyuriladi. Agar kistaning hajmi katta bo’lsa, yondosh a’zolarni bosishi mumkin. Bu holda oshqozon ichak tizimi va peshob chiqarish tizimi a’zolari faoliyati buziladi. Ayrim hollarda kista oyoq venalarini qisishi mumkin. Bu holatda oyoqlarda varikoz kengaygan venalar aniqlanadi.

Shuningdek, tuxumdon kistasida qusish va isitma kuzatiladi. Tuxumdon kistasida hayz sikli buziladi. Shu bois hayz davri muntazam kuzatilmaydi, ayrim hollarda ko’p qon ketadi, hayz davri og’riqli kechadi yoki hayz davrida qon kam ketishi mumkin. Agar tuxumdon kistasi juda kattalashib ketsa, qorin ham
kattalashadi.

Kasallikka tashxis qo’yish:

  • Ginekologik ko’rik
  • UTT
  • Umumiy qon tahlili, umumiy peshob tahlili
  • Kompyuter tomografiya
  • Bachadondan tashqari homiladorlikni rad etish uchun homiladorlikni aniqlovchi test qo’llaniladi.
Загрузка...

Читайте также

Jinsi shim

Liboslar tanlashda eng muhim 12 qoida

Garderob uchun eng kerakli 12 buyum Moda bir zumda o’zgaradi, ammo garderob sizga uzoq yillar ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>