Varikozni davolash.

Varikoz kasalligi

Ko’k pomidor varikozni yengadi.

Deyarli hammamiz varikoz kasalligi nimaligini juda yaxshi bilamiz. Bu «o’rgimchak to’ri» oyoqlarimizda, qo’llarimizda, ba’zida umuman xayolimizga keltirmagan boshqa biror joyda paydo bo’ladi. Ammo varikozni yengadigan vosita har birimiznig uyimizda bor. Buni shunchaki hamma ham bilavermaydi. Ko’k, aniqrog’i, xom pomidorni teng ikkiga bo’lamiz va varikoz ustiga bog’laymiz. 2-3 daqiqadan so’ng olib tashlaymiz. Pomidor, albatta, ko’k bo’lishi shart. Chunki ko’k pomidor tarkibida pishganda yo’qolib ketadigan solanin moddasi mavjud.

Solanin tabiiy zahar hisoblanadi. Shuning uchun pishmagan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Biroq bu modda varikozga qarshi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu tariqa muolaja kuniga 1-2 marta takrorlanadi, natija esa 10 kunda bilinadi. Bunday pomidorli kompressdan so’ng varikozli joyga krem surtish kerak bo’ladi. Chunki pomidordagi kislota terini quritib yuboradi.

Varikozni davolash uchun – 4 hafta davomida olma sirkasini paxtaga shimitib, kuniga 3 mahal muammoli joyga bosgan holda ham kurashish mumkin. Faqat bu usuldan tananing yopiq joylarida foydalanish kerak. Chunki sirka ko’k pomidorga qaraganda terini juda kuchli quritish xususiyatiga ega.

Читайте также

Tish kasalligi davosi

Tishni davolash.

QACHON TISHNI OLDIRISH SHART? «Hozirgi kunda shifokorlar nafaqat tishni, balki uning bo‘laklarini ham saqlab qolishga ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>