Yosh kelinchaklar uchun maslahatlar.

Kelinchak foto

  1. Hech qachon eringning ko’z oldida pardoz qilma. Bu har doim sir bo’lib qo’ya qolsin.
  2. Likopchadagi taoming rang-barang bo’lsin. Qancha ranglar ko’p bo’lsa, taomda shuncha foydali vitaminlar bo’ladi.
  3. Go’zalligingni ko’rsata ol. Ering kelyaptiyu ovqat ham tayyor emas, sochlaring ham taralmagan. Bunday vaziyatda ikkinchisga urg’u ber. Uni chiroyli bo’lib kutib ol. Seni yasatilgan, taomlari tayyor dasturxon qarshisida ko’rimsiz ko’rgandan ko’ra, go’zal xolatda ovqat tayyorlab tugatayotganingni ko’rsin.
  4. Hech qachon uning fikriga qarshi borma, ammo har doim o’zing to’g’ri deb bilgan ishni qil.
  5. Qo’pol so’zlarni ishlatma, ayolliging yo’qoladi.
  6. Erkakka raxm qilma, ular ayollarga nisbatan kuchli tug’ilganlar. Uni ayab, uning erkakligigini o’g’irlaysan. Ayama, rahm qilma uni ilhomlantir.
  7. Uni erkalatma. U bola emas. Ammo xayotdan juda charchagan paytida uni qattiq quchib, erkala, ona rolini o’yna. Ammo 5 daqiqaga bu rolga kirish, undan ko’p emas!
  8. Jaxling chiqayotganda hech qachon ko’zguga qarama. Avval tinchlan, gullarga, osmonga qara, yaxshi narsalarni esla, ana undan so’ng o’z aksinga qara.
  9. Bolalaring kichkinaligidanoq ularga otasi xaqida hurmat bilan gapirishni va o’ylashni o’rgat. Ayniqsa o’g’linga buni o’rgatsang uni kuchli va gapi o’tadigan inson bo’lib etishadi. Chunki har bir o’g’il- otasining davomidir.
  10. Haftada bir marta cho’milib bo’lgandan so’ng, tanagga qirgichdan chiqarilgan olmaga zaytun yog’i qo’shilgan niqobdan surt. So’ng salqin suv bilan yuvin. Toza tana hidi va olmaning xushboy hidi birlashib eringni mast qiladi.
  11. Quyosh botgandan so’ng ovqatdan voz kech.
  12. Har doim seni xursand qiluvchi narsani qidir va buni qil ering qarshi bo’lsa ham. Bu mavzuda tortishishlardan qoch, kulda sevimli ishinga qayt. Vaqt o’tib u o’rganadi, etiroz bildirishdan to’xtaydi. Sening yaxshi kayfiyating esa uni yuragini ilitadi.
  13. Kun davomida quloqlarni uqalab tur, bu sog’lik uchun juda foydali.
  14. Yoshlikdananoq qo’l va barmoqlar egiluvchanligini mashq qil. Bundan qo’llar chiroyli va silliq bo’ladi. Ingichka va egiluvchan tirsaklarga e’tiborni qaratish uchun braslet taqib yur. Qo’l yordamida imo ishora qilishni o’rgan. Ingichka egiluvchan, braslet taqilgan tirsaklar uchun erkaklar yarim dunyoni berishga tayyor.
  15. Xursandchilikka sabab qidir va ko’proq kul. Ayol kulgusi erkak elkasidan xayot qiyinchiliklari kabi og’ir yukni ag’darib tashlaydi.

Читайте также

Yuzdagi ajinlar

Yuzdagi ajinlar haqida 8 ta fakt.

Aniqlanishicha, ajinlar yuz terisiga 25 yoshdan so’ng chang sola boshlarkan. Odam qovog’ini solganida 43 mushak ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>