Yosh qizlar kabi ko’rinay, desangiz…

Yosh qizlar rasmi.

Ayol borki, yosh va go’zal qizlar kabi ko’rinishni istaydi. Aslida, buning yo’li oson. Quyidagi tavsiyalarimizga amal qilsangiz, maqsadingizga osongina erishishingiz mumkin.

  1. Garderobingizdagi jigarrang, to’q qizil, kulrang, zaytun va to’q yashil ranglardan voz keching. Ular qanchalik urf bo’lmasin, yoshingizni katta ko’rsatadi.
  2. Yorqin pardoz, tushunarsiz rangli sochlar, yorqin rangdagi kiyimlar balki qari ko’rsatmas, ammo sizni bachkana ko’rsatishi tayin.
  3. Yubka kiyishda ehtiyot bo’ling! Uzun yubkalar yoshingizga yosh qo’shadi, kaltalari xaqida esa gap ham bo’lishi mumkin emas. Eng maqbul variant frantsuz xonimlari kiyadigandek o’rtacha uzunlikdagi yubkalardir. Ular oyoqlaringizni uzunroq, o’zingizni esa sarvqomat qilib ko’rsatadi.
  4. Talab etilmagan joylarga ishxonaga kiyadigan liboslaringizni kiyish sizni qattiqo’l ayolga aylantiradi.
  5. To’g’risini ayting, nechta sumkangiz bor? Faqat bitta deysizmi? Tavsiyamiz ularning soninni ko’paytirib qo’ying. Obrazlaringizga moslab, albatta.

    Yosh qizlar foto.

  6. Har doim belingizga urg’u bering, keng bichimli ko’ylaklar doim qo’pol ko’ringan.
  7. Atlas, villyur, ipak, to’r matosidan tikilgan liboslarni tadbiru tantanalarga olib qo’ying. Kundalik uchun boshqa variantlarni izlashdan erinmang.
  8. Uchi uzun tuflilar urfdan chiqqanini unutmang. Har qanday vaziyatda betakror ko’rinay desangiz, qora va qaymoqrang “qayiqcha” poyabzalingiz, albatta, bo’lsin.
  9. Qora rangli kiyimlar munozara uchun mavzu sanaladi. Bir tarafdan qomatni ixcham ko’rsatsa, ikkinchi tomondan yoshingizni kattaroq ko’rsatadi. Lekin har qanday holatda ham qora ko’ylakka yorqin rangli sharf yoki sumkani moslab kiyish mumkinligini yoddan chiqarmang.
  10. Umuman olganda, to’q ranglar ayollarni kattaroq, och va yorqin ranglar esa yoshroq ko’rsatadi. Qizlar ushbu maslaxatlarni yodda saqlasangiz kifoya.

Читайте также

Go'zal o'zbek qizi

Yoqimsiz tuklardan halos bo’lish.

Bugun sizlar bilan ko’pchilik qizlar va ayollarni bezovta qiladigan ortiqcha tuklardan halos bo’lish haqida gaplashamiz. ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>