Yoshartiruvchi niqob

Qizlar uchun yuz parvarishi

1. Yuzni yoshartiruvchi niqob.

– Onam menga bir niqobni tayyorlash yo’lini o’rgatdi. Nomi ham bor: «Sharq tunlari».

Uni tayyorlash uchun tarkibida xilma-xil qo’shimchalari bo’lmagan, tabiiy kakao kukunini qaynoq suvga solib, aralashtiring.
Aralashma quyuq qaymoq ko’rinishida bo’lishi kerak. Keyin u iliqligida yuz va bo’yin sohasiga surtiladi. Niqob qurigach, avval iliq, so’ng sovuq suvda yuvib tashlang.

Ushbu niqobni haftada bir marotaba yuz va badanga surtsangiz, terini a’lo darajada oziqlantirib, yoshartiradi.

2. Husnbuzardan bir kechada qutulish siri.

– Men husnbuzardan tezda qutulish retsepti bilan o’rtoqlashmoqchiman…

Bir paket quruq xamirturushni 1/4 choy qoshiq limon sharbati va 1,5 osh qoshiq suv bilan yaxshilab aralashtiring. So’ng husnbuzar ustiga uyquga ketishdan avval surtib qo’ying. Ertalabgacha husnbuzardan asar ham qolmaydi!

3. Sochlar uchun «tez yordam».

– 16 yoshimdan buyon sochlarimni bo’yab, rangini tez-tez o’zgartirib turaman. Ko’pincha tabiiy rangi qora bo’lgan sochlarimga sarg’ish tus berib yuraman. 30 yoshga borib sochlarim quruqlashib qoldi. Har qancha qimmat vositalarni qo’llamay, foydasi bo’lmadi. Nihoyat, osongina yo’lini topdim. Aynan shu usul bilan sochlarimni quruqlashishdan qutqardim.

Sochlarimga ushbu niqobni surtaman:

Bolalarga mo’ljallangan eng oddiy kremning bittasini 5 osh qoshiq zaytun yoki shaftoli moyi bilan aralashtiraman. Uni sochlarimni yuvishdan 20 daqiqa avval surtib qo’yaman. Keyin sochlarimni avval shampun, so’ng soch uchun mo’ljallangan konditsioner bilan yuvaman. Bu muolajadan keyin sochlarim tabiiy jilosini tiklab, sog’lom ko’rinishga ega bo’ldi.

Читайте также

sochuchun777952003

Soch sog’lom bo’lsin desangiz.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, jahon bo’yicha ayollarning to’qson foizi sochlari siyrakligini yashirishga urinishar ekan. Ammo shunisi ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>