- Aniqlanishicha, ajinlar yuz terisiga 25 yoshdan so’ng chang sola boshlarkan.
- Odam qovog’ini solganida 43 mushak harakatlanadi. Kulganida esa 17tasi. 2 ming marta qovog’iz uyusangiz, go’zalligingiz dushmani oy chehrangizda paydo bo’ladi. Kulsa, yuzga ajin tushadi degan afsona ishonib, qiyofangizga juda jiddiy ko’rinish beravermang.
- Tamaki mahsulotlari ham ajinlar uchun teringizda qulay imkon tug’dirishadi. Ishonmaysizmi, chekmaydiganlar qaraganda chekuvchilarning yuzida ajinlar 10 marta ko’p bo’larkan-da.
- Ajinlar birinchi navbatda peshanada, burun va iyak, ko’z atrofi, bo’yin, lab ustida yuzaga kelarkan.
- Qoshlar orasidagilari esa ko’z bilan bog’liq muammolardan darak berishi mumkin.
- Agar teri quruq bo’lsa, ajinlar yaqqolroq ko’zga tashlanadi.
- Yog’li yuz terisi quruq va aralash turdagilarga qaraganda kamroq hujumga uchraydi.
- Ko’proq suv ichsangiz, teringiz toksinlardan xalos bo’ladi. Natijada ajinlar muammosi sizni cheklab o’tadi.
- Qora shokoladni ko’p iste’mol qiluvchilar ajinlardan himoyalangan bo’larkan. Chunki ularning tarkibida antioksidantlar sizni bu xavfdan asraydi.
- Fastfud mahsulotlariga mukkasidan ketganlar esa ajinlarga yo’l ochib beruvchilar hisoblanarkan. Aniqlanishicha, ular ayol yoshi asl yoshiga qaraganda 4-5 yilga katta qilib qo’yarkan.
Manba: Darakchi.uz.
Загрузка...